Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent metropoliteni ma’muriyati poyezd yo‘liga o‘z boshimchalik qilib tushish holatlari ortgani sabab yo‘lovchilarga murojaat bilan chiqdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, so‘nggi vaqtlarda metrodan foydalanuvchi yo‘lovchilar soni keskin ortishi bilan yo‘lovchilar tomonidan bir qancha tartibbuzarliklar holatlari yuzaga kelmoqda. Xususan, so‘nggi 15 kun davomida yo‘lovchilar poyezd yo‘liga 3 marotaba o‘zboshimchalik qilib tushgan. Ular bekatda faoliyat olib boruvchi xodimlar tomonidan zudlik bilan ushbu yo‘lovchilar xavfsiz tarzda platformaga olib chiqilgan.

Yo‘lovchilar shaxsiy buyumlari poyezd yo‘liga tushib ketgani va uni olish maqsadida tushganini bunga sabab sifatida ko‘rsatgan.

“Shu o‘rinda shuni alohida ta’kidlash joizki, metro yo‘lida inson hayoti uchun xavfli hattoki o‘lim darajasiga olib boruvchi yuqori kuchlanishdagi (825 Volt) elektr toki mavjud. (Ma’lumot o‘rnida, 42 Volt kuchlanishdagi elektr toki inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.) Shu sababli metrodan foydalanish vaqtida hushyor va sergak bo‘ling”, — deya ogohlikka chaqirdi metropoliteni ma’muriyati.

Shuningdek, bu kabi holatlarga duch kelinda zudlik bilan bekat platformasida faoliyat olib boruvchi xodimlarga murojaat qilish lozimligini eslatib o‘tdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »