Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xitoy bojxona bosh boshqarmasi 2023-yilning yanvar-avgust oylarida Turkmaniston Xitoyga 6,63 milliard dollarlik tabiiy gaz yetkazib bergani, bu o‘tgan yilga nisbatan 5 foizga ko‘pligini ma’lum qildi.

Keyingi o‘rinlarni Rossiya, Myanma, Qozog‘iston egallagan. O‘zbekiston beshinchi o‘rinni qayd etgan: yetkazib berish 40 foizga qisqarib, 370,57 million dollarni tashkil qilgan.

Xitoy turkman gazini uchta kondan — “Baxtiyorlik”, Malay va “Galkinish”dan oladi.

2009-yilning dekabr oyidan O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan o‘tadigan gaz quvuri qurilishi tugaganidan so‘ng Xitoyga yetkazib berish amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda gaz quvurining O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston orqali to‘rtinchi tarmog‘ini qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yangi loyiha Turkmanistondan yillik gaz yetkazib berishni hozirgi 40 milliard kubometrdan yiliga 65 milliard kubometrgacha oshirishi mumkin.

Aziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »