Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH harbiy yordamni to‘xtatgan taqdirda nima qilish bo‘yicha Ukraina rasmiylarida alohida reja yo‘q, dedi Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov PBS telekanaliga bergan intervyusida.

“Biz qandaydir B reja bo‘yicha alohida muhokamalar olib boryapmiz, deb aytolmaymiz. Mavhum muhokamalarda qatnashish istagimiz yo‘q”, — dedi u.
Foto: Reuters

Jurnalist Danilovdan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning amerikalik kongressmenlar bilan yopiq uchrashuvda “Agar bizga yordam bo‘lmasa, urushda mag‘lub bo‘lamiz” deb aytgan so‘zlariga izoh so‘radi.

Danilov halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar haqidagi kundalik hisobotlarni ko‘rish Zelenskiy uchun  og‘irligini tushuntirdi; Kiyev yordamga umid qilmoqda.

Bayden Zelenskiyga ATACMS va’da qildi

AQSH prezidenti Jo Bayden Zelenskiyga Kiyevga ATACMS uzoq masofali raketalarining kichik partiyasini topshirishga va’da bergani haqida  NBC News telekanali manbalarga tayanib, xabar bermoqda.

The Washington Post gazetasi Bayden ma’muriyati Kiyevga an’anaviy emas, klasterli kallakka ega ATACMS’larni topshirish niyatida ekanini yozdi.

Ukraina bir necha oydan beri AQSHdan uzoq masofali ATACMS raketalarini so‘rab keladi. Ularning harakat masofasi 300 kilometrni tashkil qiladi; Kiyev ulardan xalqaro tan olingan Rossiya hududiga hujumlar uchun foydalanmaslikka va’da bermoqda.

Bayden va Zelenskiy 21-sentyabr kuni Oq uyda uchrashgan. Ukraina prezidenti keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri AQSHga ikkinchi bor tashrif buyurdi. Uchrashuvda Bayden Amerikaning Abrams tanklari Ukrainaga yetkazib berish kelasi haftadan boshlanishini va’da qildi. Shuningdek, Kiyevga jami 325 million dollarlik qurol va jihozlar taqdim etiladi: yangi paketga havo mudofaasi va tankka qarshi mudofaa tizimlari, artilleriya va kassetali o‘q-dorilar kiritiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »