Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda ta’mirtalab tizimlarda vujudga kelayotgan avariyalar natijasida ichimlik suvining 25,7 foizi yo‘qotilmoqda, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda ichimlik suvini ishlab chiqarish va uni iste’molchilarga yetkazib berilishidagi asosiy muammo bu  10 942 ta suv inshootining 2 318 tasi ya’ni 21,2 foizi, 89 ming km markaziy va ichki tarmoqlarning 23,6 ming km yoki 26,5 foizi ta’mirtalab holatga kelib qolganida. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov O‘zAga xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi. Unga ko‘ra, mamlakatda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, so‘nggi olti yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion 500 milliard so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. 31 ming kilometr ichimlik suvi va oqova tarmoqlari o‘tkazilgan, 1200 ta suv inshootida qurilish-ta’mirlash bo‘lgan. Bu ishlar natijasida mingta mahalladagi 6,5 million aholi yashaydigan xonadonlarga ilk bor toza ichimlik suvi kirib bordi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »