Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, Germaniyaga quyidagi sohalarda ishga taklif etiladi: payvandchi, muhandis-mexanik, sanoat mexanigi, mexatronika muhandisi, ombor logistikasi, metall texnologiyasi muhandisi. Nomzodlar uchun quyidagi imkoniyatlar taqdim etilgan:

  • Oylik maosh 2 420 yevrodan boshlanadi;
  • O‘zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer ish beruvchi hisobidan;
  • arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘maklashiladi;
  • haftasiga 40 soat ish.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 45 yoshgacha;
  • Nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega nomzodlar ham ro‘yxatdan o‘tib, tanlab olinib, viza olinishiga qadar A2 sertifikat taqdim etishi lozim);
  • Sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo‘yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo‘jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim diplomi;
  • Avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo‘jaligi mashinasozligi texnik yo‘nalishida bakalavr diplomi;
  • Sohada kamida bir yillik tajriba;
  • Sudlanmagan;
  • Jismonan sog‘lom.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

  • Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
  • Kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi (pdf shaklda);
  • Nemis tilini bilish sertifikati (pdf shaklda);
  • Sudlanmaganlik tog‘risida tasdiqnoma (pdf shaklda);
  • Tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).

Ro‘yxatdan o‘tish

Mavzuga doir
Izoh

Abdujabbor Nurulloev

24.09.2023, 23:47

Asalomu alekum aka yaxshimisiz aka Shu Germaniya ga ishga ketishga qancha pul kerak shu 2.5 ming yevro oylik toʻgʻrimi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »