Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonda Mustaqillik kuni (27-sentabr) munosabati bilan prezident Serdar Berdimuhamedov mamlakatning sudlangan 1 180 nafar fuqarosini afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi, deb xabar bermoqda “Oltin Asir” mahalliy telekanali.

Hujjat hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida imzolandi. Turkmaniston rahbari ozodlikka chiqqan fuqarolarga sidqidildan mehnat qilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga hissa qo‘shish, Vatanga sidqidildan xizmat qilish, vijdonan qilingan mehnat samarasini ko‘rib yashashni tiladi.

Davlat rahbari Turkmaniston Davlat xavfsizlik kengashi kotibi, mudofaa vaziri Begench Gundogdiyevga “afv etilgan fuqarolar yaqin orada o‘z uyida, oilasi bag‘rida bo‘lishi uchun” zarur ishlarni amalga oshirishni topshirdi.

Mahalliy hokimlikka ularning bandligini ta’minlash topshirildi. Turkmanistonda bunday tadbirlar odatda unutilmas sanalar, jumladan, musulmon bayramlari arafasida o‘tkaziladi.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »