Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, xodimlar tomonidan bir nechta yirik qonunbuzarlik holatlari aniqlangan.

Jumladan, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

“Fuqaroga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan, 5 million 135 ming rossiya rubli va 4 ming dollar miqdoridagi naqd xorijiy valyutalar borligi aniqlandi”, deyiladi qo‘mita axborotida.

Maʼlumot uchun, "Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari hamda doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 100 million so‘m ekvivalentiga teng yoki undan oshmaydigan miqdorda naqd xorijiy valyutani erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi.

Yana bir holatda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yangiyo‘l” TIF bojxona posti xodimlari tomonidan, qo‘shni davlat orqali xorijdan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan yuklar bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Tekshiruv natijasida Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq O‘zbekiston hududiga olib kirish taqiqlangan qiymati 1 milliard so‘mga teng bo‘lgan tarkibida ozonni buzuvchi moddalar mavjud bo‘lgan tovarlar borligi aniqlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »