Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha Mudofaa vazirligi X (sobiq Twitter)da bir guruh muhojirlar chegara to‘siqlarini buzib tashlayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Video Polsha-Belarus chegarasining bir qismida suratga olingan.

Foto: Videodan kadr

Unda muhojirlar Belarus tomondan chegarani buzib o'tishga harakat qilmoqda, boshqa tomondan esa qurollangan askarlar ularni kuzatib turibdi. Voqea aniq qachon sodir bo'lgani aytilmagan.

“Belarus tomonidan Polsha chegarasida amalga oshirilgan hujumlar Polshadagi vaziyatni beqarorlashtirish va polyaklar xavfsizligini xavf ostiga qo'yish uchun qilingan. Polsha armiyasining chegarada borligi kuchaygani tufayli Rossiya-Belarus rejasi barbod bo‘ldi”, — deyiladi post tagida.

  • Avgust oyida Polsha “Vagner” yollanma askarlarining Belarusga ko‘chirilishi fonida chegarasini mustahkamlashni boshladi. Polsha Ichki ishlar vazirligi chegarada “provokatsiya” yoki “tanqidiy voqea” sodir bo‘lgan taqdirda Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlari Belarusni Yevropadan butunlay “kesib qo'yishi” haqida ogohlantirgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »