Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmaniston Janubiy Koreya kompaniyalari bilan temiryo‘llar va tegishli infratuzilmani qurish, elektrlashtirish va boshqa tegishli sohalarda hamkorlik qilishdan manfaatdor. Bu haqda Turkmaniston hukumati huzuridagi Transport va kommunikatsiyalar milliy agentligi xabar berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, Türkmendemirýollary (“Turkman temiryo‘llari”) agentligi rahbariyati Koreya temiryo‘llari korporatsiyasi va Koreya milliy temiryo‘llari kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazgan.

“Tomonlar Koreya respublikasi Yer resurslari, infratuzilma va transport vazirligi ishtirokida 2023-yil oktabr oxiri yoki noyabr oyi boshida janubiy koreyalik temiryo‘lchilarning Turkmanistonga tashrifini tashkil etish ustida ish olib borishga kelishib oldi”, — deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Turkmanistonda temiryo‘llarni elektrlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, xususan, gap elektrodvigatellar yordamida boshqariladigan zamonaviy teplovozlar xarid qilish haqida ketmoqda.

Ashxobod so‘nggi yillarda xalqaro temiryo‘l orqali yuk tashishda faol ishtirok etmoqda. 2014-yilda umumiy uzunligi 900 kilometr bo‘lgan Qozog‘iston—Turkmaniston—Eron temiryo‘li ishga tushirilgandi.

Bu Shimoliy Yevropa mamlakatlari va Rossiyaning Fors ko‘rfazi, Hind okeani va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan tranzit aloqalarini ta’minlash imkonini berdi.

2016-yilda Turkmanistonning Otamurot shahridan Afg‘onistonning Akina qishlog‘iga temiryo‘l ochildi. Ushbu uchastka Turkmaniston—Afg‘oniston—Tojikiston yo‘nalishi bo‘ylab transmilliy temiryo‘l loyihasining bir qismi bo‘ldi.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »