Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda ko‘kyo‘tal avj olgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekov mamalakatda bu kasallik bo‘yicha xavotirlanishga asos yo‘qligini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Mutaxassisning bildirishicha, ko‘kyo‘tal — havo-tomchi yo‘li orqali yuqadigan o‘ta yuqumli xastalik bo‘lib, qo‘zg‘atuvchisiBordetellapertussis bakteriyasi hisoblanadi, unga chalingan bemorlarda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar alomatlari, shuningdek, kuchli yo‘tal xurujlari va qusish kuzatiladi. Bu kasallik asosan yosh bolalar va o‘smirlarda aniqlanadi, lekin katta yoshli odamlarda ham uchrashi mumkin.

“Hozir yurtimizda bu boradagi epidemiologik vaziyat barqaror va xavotirlanishga asos yo‘qligini, shuningdek ushbu kasallik hech qanday asoratlarsiz davolanib ketishini  ma’lum qilamiz”, — dedi Nurmat Otabekov.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonda milliy emlash kalendariga asosan, chaqaloqlar 2, 3 va 4 oyligida 3 marotaba pentavalent vaksina bilan (ko‘kyo‘tal, difteriya, qoqshol, gepatit B va XIB infeksiyalarga qarshi) emlanadi. Bir yildan so‘ng, ya’ni 16 oylik davrida AKDS-4 bilan qayta revaksinatsiya qilinadi.

2023-yilning o‘tgan davrida O‘zbekiston bo‘yicha jami 2 millionga yaqin bola ushbu xastalikka qarshi vaksina qabul qilgan. Xususan, yanvar-avgust oylari davomida penta-1 bilan emlanishi kerak bo‘lgan bolalarning 97,6 foizi, penta-2 bilan 98,5 foizi, penta-3 bilan esa 98,5 foizi emlangan. Bundan tashqari, 16 oylik o‘g‘il-qizlarning 98,9 foizi revaksinatsiya bosqichida qayta emlangan.

“Aytish joizki, ko‘kyo‘tal mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, kuz-qish davrida ko‘proq qayd etilishi mumkin va aksariyat hollarda emlanmaganlar (tibbiy cheklov va rad etish), to‘liq emlash kursini olmaganlar hamda ba’zi hollarda emlashdan keyin immunitet shakllanmagan (seromanfiy) bolalarda kuzatiladi.

Qisqa qilib aytganda, emlanmagan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida kasallik tarqalish xavfi saqlanib qoladi. Shu bois ko‘kyo‘tal kam miqdorda bo‘lsa-da, aholi o‘rtasida qayd etib turilishi tabiiy hol”, — deydi Nurmat Otabekov.

Uning ta’kidlashicha, ushbu xastalikni faqat jamoaviy immunitet hosil qilish orqali yengish mumkin. Buning uchun Milliy emlash kalendariga muvofiq, yosh bolalar emlanishi zarur.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »