Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Qayd etilishicha, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda G.X. va M.R. ismli shaxslar fuqaro G.G‘.ni Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishlari evaziga 1,3 ming dollarni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, departamentning Quva tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Z.O‘. ismli shaxs fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning qo‘shni Qirg‘iziston universitetidagi o‘qishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filialiga ko‘chirib berishi evaziga 700 dollarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Noqonuniy o‘qishga kiritish holatlari

Avvalroq, Farg‘ona, Andijon, Guliston davlat universitetlari va “Narxoz”ga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olgan shaxslar ushlangani xabar qilingandi. Shuningdek, Andijonda o‘qishga kiritishni vaʼda qilib, 4 ming AQSH dollari olgan OTM xodimi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »