Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Tengrinews nashri.

Qo‘lga olinganlardan biri — 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, u 2015-yilning mart oyida bir guruh shaxslar bilan Qirg‘izistonning Chuy viloyati So‘quluq tumanida yashovchi fuqaroning uyiga bostirib kirgan. Ular jismoniy kuch va qurol ishlatib, uy egasidan 395 ming som (4 345 AQSh dollari) pul o‘margan.

Olmaota viloyatining Qorasoy tumanida esa Samarqand shahrida o‘g‘irlik sodir etgani uchun O‘zbekiston IIB tomonidan may oyidan beri qidiruvda bo‘lgan 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Yetkazilgan zarar 40 ming dollarni tashkil etgandi.

Toshkent shahar IIB tomonidan o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik jinoyati uchun qidiruvda bo‘lgan 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Qarag‘andada qo‘lga olindi. U 2021-yil iyul oyida Tojikiston fuqarolarini Qozog‘iston Respublikasiga ishlashga jo‘natib, ularga maosh to‘lamagan.

O‘tgan hafta Ostonada O‘zbekistonda qotillik uchun to‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »