Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dushanbe shahrida Tojikiston—O‘zbekiston—Turkmaniston—Eron—Turkiya transport yo‘lagi bo‘yicha yuqori darajadagi ishchi guruhning birinchi maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Foto: Transport vazirligi

Qayd etilishicha, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) boshchiligida o‘tkazilgan ishchi guruh yig‘ilishida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi mutaxassislari ishtirok etgan.

IHTga aʼzo davlatlar transport vazirlarining 11-yig‘ilishida qabul qilingan Anqara deklaratsiyasiga ko‘ra Tojikiston—O‘zbekiston—Turkmaniston—Eron—Turkiya multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha loyiha dasturini ishlab chiqishga kelishilgan edi.

Yig‘ilishda yuk tashishlarni ko‘paytirish va savdo tartib-qoidalarini soddalashtirish, xususan, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar uchun xalqaro tranzitni rivojlantirish va rag‘batlantirish masalalari muhokama qilingan.

2023-yilning iyunida Zhejiang Union of Railway Logistics kompaniyasi, “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ va “Qirg‘iz temiryo‘li” milliy kompaniyasi davlat korxonasi  hamkorligida Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston multimodal transport yo‘lagi orqali yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilgandi.

O‘sha oyda Xitoyning Siyamen portidan O‘zbekistonga Eron orqali konteyner poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Yuk konteynerlari Xitoydan dengiz orqali Bander-Abbas portiga olib kelinadi hamda Eronning Bander-Abbas portida temiryo‘l platformalariga ortilgan holda Turkmaniston orqali O‘zbekistonga kirib keladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »