Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrida bitta MCHJ qariyb 4 milliard do‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar beradi Energetik vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va “Hududgazta’minot” AJ xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida Shayxontohur tumanida joylashgan “R.T.” MCHJ tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Xususan, ushbu MCHJga qarashli korxonaning ikkita bug‘ qozoni gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma’lum bo‘lgan. Mazkur noqonuniy holat natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3 milliard 838 million so‘mni (5 million 816 ming 592 metr kub) tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz 29 ming 82 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng.

Shu bilan birga, isteʼmolchining bugungi kun holatida elektr energiyasidan 3 milliard 59 million so‘m qarzdorligi mavjudligi sababli elektr tarmog‘idan ajratilgan. Aniqlangan holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar belgilangan tartibda huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Avvalroq Jizzax shahridagi MCHJ 3 mlrd 840 mln so‘m yoki 19 200 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda salkam 530 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda bir oyda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga qancha zarar yetgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »