Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga quyiladigan suv hajmi yildan yilga kamayib, suv zaxirasi 49,2 milliard kubometrdan 36 milliard kubometrga pasaydi. Bu Bosh prokuratura va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan o‘rganish natijalarida aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Ma’lum qilishicha, 11—15-sentyabr kunlari daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish ishlarining noqonuniy amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, atrof-muhitga salbiy ta’sirining oldini olish, shuningdek, transport va gidrotexnika infratuzilma obyektlarining xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyatining Forish, Zomin, Sharof Rashidov, Yangiobod tumanlarida yerosti suvlariga quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish bo‘yicha moratoriy joriy qilingani, yerosti suvlari sathi pasayib ketayotgani hamda Sangzar daryosida o‘zanlarni tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari ahvoli o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida suvning sho‘rlanish darajasi 10-11 foizga oshishi natijasida tabiiy parlanish va cho‘llashishning keskin oshgani, Ramsar konvensiyasiga kiritilgan “Tuzkon” bo‘limidagi 63,3 ming gektar  maydondagi “Arnasoy” ornitologik qo‘riqxonasining flora va faunasiga salbiy ta’sir qilayotgani ham aniqlandi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘rganishlar natijasi bo‘yicha 27 ta noqonuniy qurilmalarni buzish bo‘yicha sud qarorlarining ijrosi ta’minlanib, ekologiya boshqarmasining 114,5 million so‘mlik debitor qarzdorligi undirildi.

Yerosti suvlaridan foydalanish uchun quduq burg‘ilash va ulardan foydalanish  qoidalarini  buzgan 9 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka doir ish qo‘zg‘atildi hamda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida noqonuniy ov qilgan huquqbuzarlardan 135,4 million so‘m jarima undirilib, 25,7 million so‘mlik da’vo arizasi kiritildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »