Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 29 tup ko‘p yillik daraxt kesib tashlangani haqida xabar berilgan edi. Daraxtlar kesilgan hududda 30 ta daraxt hamda 1020 ta buta ekilishi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi matbuot xizmati

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatining bildirishicha, tumanning Lutfiy ko‘chasida 28 tup shumtol va 1 tup zarang daraxti Toshkent Botanika bog‘i mutaxassisi hamda tuman Ekologiya bo‘limi masʼullarining 2023-yil 14-sentyabrdagi xulosasiga asosan qurigani sababli kesilgan.

Mazkur daraxtlar 2021-yilda polietilen plyonka bilan yopib chiqilgani sabab qurib qolgan. 2022-yilda holat o‘rganilib, prokuratura organlariga quriganlik holati bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan. O‘sha yilning avgust oyida ichki ishlar organlariga surishtiruvga berilgan. 2022-yilning sentyabrida esa hujjat tugatilgan.

2023-yilning may oyida yog‘ingarchilik va shamol tufayli Lutfiy ko‘chasidagi qurigan daraxtlardan biri qulab tushgan va yo‘l yopilib, aholiga va yo‘lovchilarga ancha noqulaylik keltirib chiqargan.   “Lutfiy” mahallasi aholisidan esa qurigan va yo‘lovchilar hayoti uchun xavfli bo‘lgan daraxtlarni kesib olib tashlash hamda o‘rniga boshqa o‘simliklar ekish bo‘yicha murojaatlar ham kelib tushgan.

Shularni inobatga olgan holda daraxtlarning holati o‘rganilib, rostdan ham qurib qolgani aniqlangan 29 ta daraxt kesilgan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bergan axborotga ko‘ra, 29 tup shumtol daraxti 2016-yilda tramvay liniyasini demontaj qilish chog‘ida ildizlari shikastlangani sababli qurib qolgan.

Har bir kesilgan daraxtning o‘rniga kamida 2 yoshli 10 ta shumtol ko‘chatlarini, shuningdek, ko‘plab butalar: Suriya atirgullari, ionimuslar, fotiniyalar, lizidiylar, hind nastarinini ekish vazifasi qo‘yildi.

Lutfiy ko‘chasi 2024-yilga mo‘ljallangan chuqur rekonstruksiya qilish rejasiga kiritilgani inobatga olinib, rekonstruksiya to‘liq tugatilgunga qadar yangi ekilgan ko‘chatlarni sug‘orish vaqtinchalik maxsus sug‘orish mashinalari yordamida amalga oshiriladi. Rekonstruksiya ishlari doirasida daraxt va butalarni avtomatik tomchilatib sug‘orish tizimi ta’minlanadi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunda mazkur holat bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan avvalgi holat hamda xulosa berilishi holatlariga huquqiy baho berish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »