Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov 26-sentyabr kuni AQSH Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurillani qabul qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

General Maykl Kurilla rahbarligidagi AQSH harbiy delegatsiyasi O‘zbekistonga so‘nggi marta 2022-yilning iyunida kelgandi. Ikki davlat mudofaa vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari, jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalarda, Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlik munosabatlari muhokama qilingandi. Bundan tashqari, u Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »