Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yil boshidan buyon AQSH va NATOga aʼzo boshqa davlatlar tomonidan razvedka parvozlari soni uch barobarga ko‘paydi – haftasiga yettitadan 21 tagacha. Bu haqda “RIA Novosti” Flightradar24 xizmati maʼlumotlariga tayanib, xabar berdi.

Foto: Flightradar24

Agentlikning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2023-yil boshida va bahorda NATO samolyotlari (asosan AQSH) kuniga bitta parvozni amalga oshirgan: 16 — 22-yanvar haftasida yetti reys, 15 — 21-mayda beshta reys.

Bundan tashqari, o‘tgan haftada (18—24-sentabr kunlari) portalning kuzatuv arxividan maʼlum bo‘lishicha, AQSH va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari razvedka samolyotlari hamda strategik dronlari Qrim mintaqasida 21 ta parvozni amalga oshirgan. Agentlikning aniqlik kiritishicha, parvozlarning aksariyat qismi — 16 tasini AQSh samolyotlari amalga oshirgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengiz ustidagi samolyotlar va dronlar haqida muntazam ravishda xabar beradi. Xususan, 27-avgust kuni Rossiya harbiylari Amerikaning MQ-9 Reaper dronini tutib olish uchun Su-30 qiruvchi samolyotini uchirdi.

“Rossiya qiruvchisi yaqinlashganda, xorijiy razvedkachi dron Rossiya davlat chegarasidan burilib ketdi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »