Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonda hokimiyatni egallab turgan “Tolibon” harakati afg‘on shaharlari uchun keng ko‘lamli kuzatuv kameralari tarmog‘ini yaratmoqda va Xitoyning Huawei kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Reuters o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

Foto: Elements envato
“Tolibon xavfsizlikni tiklash va Afg‘oniston shaharlarida sodir etilgan ko‘plab yirik teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ISHIDni yo‘q qilishga eʼtibor qaratayotganini bildirdi. Bu ularni Huawei bilan ushbu sohada ehtimoliy hamkorlik haqida maslahatlashishga undadi”, — deyiladi Reuters xabarida.

Taʼkidlanishicha, butun mamlakat bo‘ylab xavfsizlik kameralarini o‘rnatish dasturi Amerikaning Kobuldagi videokuzatuv tizimini modernizatsiya qilish rejasini o‘zgartirishni ham nazarda tutadi.

Kobul va boshqa shaharlardagi “nozik nuqtalar”ga e’tibor qaratishni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli dasturni to‘liq amalga oshirish to‘rt yil davom etadi va bu yangi xavfsizlik strategiyasining bir qismi bo‘ladi, dedi “Tolibon” Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdulmatin Qani.

“Hozirda biz Kobulning xavfsizlik xaritasi ustida ishlayapmiz, bu xarita xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar tomonidan to‘ldirilgan, u ko‘p vaqt talab etadi. Bizda allaqachon ikkita xarita bor, biri avvalgi hukumat uchun AQSH tomonidan, ikkinchisi Turkiya tomonidan yaratilgan”, — dedi Qani.

Biroq u loyihaning amalga oshirilishi haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Avgust oyida Bloomberg munozaralardan xabardor shaxsga tayanib, Huawei va “Tolibon” videokuzatuv tizimini o‘rnatish haqidagi shartnoma bo‘yicha “og‘zaki kelishuv”ga erishgani haqida xabar bergandi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »