Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Xavfsizlik xizmati Kursk viloyatining Snagost qishlog‘idagi elektr podstansiyasiga dron hujumini amalga oshirdi. Bu haqda Ukraina razvedkasiga tayanib, “Ukrainskaya pravda” xabar berdi.

Foto: Telegram

26-sentyabr kuni ertalab Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt Snagostadagi podstansiyaga qilingan hujum tufayli yettita aholi punkti elektr ta’minotisiz qolganini aytdi. Ukrainalik jurnalistlarning razvedkadagi suhbatdoshiga ko‘ra, mazkur hujum SBU maxsus operatsiyalari yangi bosqichga ko‘tarilayotganini bildiradi.

“Ruslar tushunishi kerak, agar ular Ukraina energetika obyektlariga hujum qilishda davom etsa, bunga jiddiy javob olishadi. Bizning resurslarimiz buni amalga oshirish imkonini beradi”, — dedi manba.
Foto: Kurskdagi blekaut / Telegram
  • 2022-yil oktyabr oyidan beri Rossiya Ukrainadagi muhim infratuzilma obyektlariga bir qator raketa hujumlarini amalga oshirib, mamlakat energetika tizimini qish mavsumi oldidan o‘chirib qo‘yishga urindi.
  • Ukraina rasmiylariga ko‘ra, mamlakatdagi elektr stansiyalarining uchdan biridan ko‘prog‘i vayron bo‘lgan. Ukraina Qurolli kuchlari 2023-2024-yillar qishida Rossiya armiyasi yana Ukraina energetika tizimiga hujumga o‘tishini istisno qilmadi. 2023-yil sentyabr oyida Rossiya Ukraina energetika infratuzilmasi obyektlariga zarbalar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »