Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina harbiylari dronlar yordamida Rossiyada raketa ishlab chiqarishni sekinlashtirishga harakat qilmoqda. Dron hujumlarining asosiy nishoni aynan raketalar ishlab chiqariladigan zavodlardir. Bu haqda Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanov NV nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: RBK-Ukraina

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, agar hujumga uchragan rus obyektlariga qaralsa, bitta narsani tushunish mumkin, ularning bari Rossiya harbiy-sanoat kompleksi uchun ishlaydi.

“Harbiy-sanoat kompleksi obyektlari bo‘yicha muayyan harakatlarni ishlab chiqayotganda, faqat bitta maqsadni oldimizga qo‘ydik: Rossiya qurollarini ishlab chiqarishni sekinlashtirish”, — dedi Budanov.

Yaqinda hujumga uchragan korxonalar orasida Budanov raketalar uchun elektron uskunalar ishlab chiqaradigan Bryansk Kremniy-EL zavodini, shuningdek, raketa yoqilg‘isi komponentlari ishlab chiqariladigan Redkinskiy zavodini nomladi.

Razvedka rahbari rossiyaliklar ishlayotgan zavodlarning uchdan bir qismi dronlar yetib borishi mumkin bo‘lgan hududda joylashganini aytdi.
 
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida dronlar Kremniy-EL zavodiga kamida ikki marta hujum qilingandi. Barcha dronlar mahalliy havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgan. Biroq zavod dronlar hujumidan ma’lum darajada zararlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »