Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xorazm viloyati Urganch shahrida ishga kiritib qo‘yish uchun pora so‘ragan hamshira qo‘lga olindi, deb xabar beradi viloyat sudi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Ma’lum qilinishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudida Urganch shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq shifoxonasi reanimatsiya bo‘limi hamshirasi bo‘lib ishlagan 40 yoshli G.A.ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.

Sudda aniqlanishicha, G.A. aldash yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 2023-yil aprel oyining boshlarida fuqaro I.O.ni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Urganch shahridagi shifoxonasida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hamshiralik vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yishini va’da qilgan. Buning uchun yuqori lavozimda ishlovchi tanishiga 2,5 ming dollar berishi kerakligini aytib aldab, uni pora berishga qiziqtirgan.

U 20-aprel kuni soat 12:30 larda Urganch shahar tibbiyot birlashmasi tug‘uruq shifoxonasida I.O.dan 1,5 ming dollar va 5,5 million so‘m pullarni olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.

Sudlanuvchi G.A. sudda aybiga to‘la iqrorlik bildirib, aybiga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv ixtiyoriy ravishda tuzilganini, o‘z harakati mohiyatini, uning shartlarini tushunganini, qilmishidan pushaymonligini, yengillik qilishni so‘rab ko‘rsatuv bergan.

Sud hukmiga ko‘ra, G.A.ga Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi va 28, 211-moddasi 1-qismida (pora berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, uchun uzil-kesil ikki yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

2022-yil dekabrda Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tibbiyot birlashma bosh shifokori 500 dollar pora bilan qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, avgust oyida Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida pora evaziga hamshiralikka ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi. 2023-yil aprelida esa  Qashqadaryoda sog‘lom odamni ruhiy kasalxonaga ro‘yxatga qo‘ygan bosh shifokor qo‘lga olingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »