Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida yoshlarning ekologiya va fermerlikka qiziqishi borasidagi bilimlarini orttirishga xizmat qiluvchi maxsus o‘quv markazlari tashkil etiladi. Bu haqda “Daryo”ga O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Temurbek Poyonov xabar berdi. 

Temurbek Poyonov.
Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi 

Poyonovning ma’lumot berishicha, mazkur o‘quv markazlari Germaniya hamkorligida tashkil etiladi. 

Tashkilot axborot xizmatining “Daryo”ga qo‘shimcha qilishicha, bugun Germaniyaning German Sparkassenstiftung tashkiloti hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi rahbariyati uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. 

Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi 
Uchrashuvda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi rahbariyati hamda German Sparkassenstiftung tashkilotining bosh ofisi Markaziy Osiyo loyihasi rahbari Inka Ryuk va boshqa tashkilot a’zolari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida bir qator istiqbolli loyihalar yuzasidan o‘zaro hamkorlikda ishlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Xususan, tashkilotimizning uzoq yillik hamkori hisoblangan German Sparkassenstiftung tashkiloti bilan birgalikda yoshlarning ekologiya va fermerlikka bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil yakuniga qadar to‘rtta viloyatda maxsus o‘quv markazlarini tashkil etishga kelishildi, — deyiladi tashkilot axborot xizmati xabarida. 
Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi 

Qo‘shimcha qilinishicha, o‘quv markazlari respublikaning Buxoro, Qashqadaryo, Namangan hamda Xorazm viloyatlarida tashkil etilib, dars jarayonlari xalqaro mutaxassislar ishtirokida barcha zaruriy sharoitlarga ega zamonaviy dars xonalarida o‘tiladi.

Uchrashuv davomida boshqa qator masalalar muhokama qilindi hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan kelgusidagi rejalar belgilandi, — deydi Temur Poyonov.
Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi 

German Sparkassenstiftung (Germaniya jamg‘arma kassalari fondi) 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Germaniya moliyaviy guruhining bir bo‘lagi va mamlakatdagi mavjud taxminan 370 ta Sparkasse (ya’ni davlatga ham xususiy sektorga ham tegishli bo‘lmagan, hududiy xarakter kasb etgan bank) ning tajribalari va yutuqlarini dunyo bo‘ylab ommalashtiruvchi tashkilot hisoblanadi. Tashkilot hozirgi kunda dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida turli loyihalarni amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda 2003-yil faoliyatini boshlagan ushbu tuzilma dastlab Xalq banki, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa bir qator davlat hamda nodavlat tashkilotlari bilan turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »