Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp imtiyozli shartlarda kredit olish maqsadida o‘z aktivlari qiymatini va boyligi hajmini noqonuniy oshirib ko‘rsatish bilan bog‘liq firibgarlikda aybdor deb topildi.

Foto: Reuters

Ushbu qarorni 26-sentyabr kuni Nyu-York shtat sudi sudyasi Artur Engoron 2022-yil sentabrda shtat bosh prokurori Letitsiya Jeyms tomonidan sobiq davlat rahbari va uning uch to‘ng‘ich farzandi: Erik Tramp, kichik Donald Tramp va Ivanka Trampga qarshi qo‘zg‘atilgan fuqarolik da’vosi doirasida qabul qildi. Bugungi kunda Ivanka Trampga qarshi da’vo to‘xtatilgan. 

Donald Trampga qarshi ayblovlar 

Sud hujjatlariga ko‘ra, 2011- va 2021-yillar oralig‘ida Trump Organization oilaviy holdingi “kredit va sug‘urtaning qulay shartlarini ta’minlash yoki saqlab qolish uchun” o‘z aktivlari qiymatini milliardlab dollarga oshirib ko‘rsatgan. Bunday firibgarlik ayblanuvchilarga “noqonuniy jamg‘armalar va noqonuniy daromadlar evaziga yuzlab million dollarni” qo‘lga kiritishga imkon bergan, deyiladi hujjatda.

Bosh prokuror Letitsiya Jeyms Tramp uchun 250 million dollar jarima so‘ragan. Sobiq davlat rahbari ushbu fuqarolik da’vosi bo‘yicha qamoq jazosiga hukm etilmaydi. Trampning o‘zi unga qo‘yilgan barcha ayblovlarni siyosiy sababga ega va 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik qilishga qaratilgan deb atadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »