Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turkiyalik taniqli oshpaz Burak O‘zdemir Istanbul shahrida yangi restoranini ochdi. Shu munosabat bilan uning o‘zbekistonlik muxlislaridan biri oshpazga Mercedes avtomobilini sovg‘a qildi.

Aktrisa Shahzoda Muhammedova BAAning Sharja shahrida dam olmoqda. 

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Toshkent yo‘llaridagi tartibsizliklardan shikoyat qildi. Har qadamga o‘rnatilgan kameralar, “povorot” yoqmaydigan haydovchilar xonandaga noqulaylik tug‘dirmoqda.

Aktrisa Shahzoda Matchonova kuzatuvchilariga ayni paytda o‘zi tomosha qilayotgan seriallari haqida so‘zlab berdi. U Janubiy Koreya kino ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Qirolicha Ki” serialini qiziqish bilan tomosha qilayotganini yozdi. Shuningdek, muxlislariga manzur bo‘ladigan film va seriallar nomini ham sanab o‘tdi. 

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Vayner Xonzoda Qambarova kuzatuvchilariga uchinchi marta ona bo‘lishini ma’lum qildi

Aktrisa Gulruh Pirnazarova Sankt-Peterburg shahriga sayohatga jo‘nab ketdi. 

Foto: Instagram

Asal Shodiyeva telefonda suhbatlashayotgani aks etgan suratni joylab, kuzatuvchilaridan “Siz kim bilan suhbatlashayotganingizda vaqt haqida unutasiz?”, deb so‘radi. 

Foto: Instagram

Taniqli xonanda Ulug‘bek Otajonov o‘g‘lini uylantirayotgani munosabati bilan osh berdi

Yosh aktrisa Rayhon Asadova onasini tavallud kuni bilan tabrikladi. 

Foto: Instagram

Instabloger Karima Rizayeva opasi Munisaning to‘yiga o‘zi suratga olgan videorolikni sahifasiga joyladi. Ushbu videoda uning opasiga qanday qilib kuyov topgani haqida hazil tariqasida hikoya qilinadi. 

Xonandalar Malika Ravshanova va Ziyoda to‘y xizmati bahonasida ko‘rishib qolishdi. 

Foto: Instagram

Botir Qodirov Mister Qaha taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Qahramon To‘xtasinov o‘g‘lining to‘yida xizmatda bo‘ldi. U kechada Sherali Jo‘rayevning bir nechta qo‘shig‘ini ijro etgan hamda xizmatdan so‘ng mehmonlardan marhum san’atkor haqqiga duo qilishlarini so‘ragan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »