Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 41 yoshli O‘zbekiston fuqarosi migratsiya xizmati va shahar kriminal politsiyasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston IIV axborot xizmati xabar berdi.

Foto: “Polisia.kz”
“Qidiruv – MDH” tezkor-profilaktik tadbiri davomida jinoyatchilar aniqlandi. 1982-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi 2008-yilda Surxondaryo viloyati IIB tomonidan davlatlararo qidiruvga berilgan”, — deydi Olmaota shahar politsiya departamenti migratsiya xizmati rahbari Asxat Butunchinov.

Qo‘lga olingan shaxs vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Uni vataniga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.

Olmaotada jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyatni barqarorlashtirish va Qozog‘istonning migratsiya qonunchiligi buzilishi holatlarini aniqlash maqsadida 2023-yil 11-sentyabrdan 30-sentyabrga qadar Olmaota shahrida “Yollanma” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Bundan oldin Qozog‘istonda xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. O‘tgan hafta esa Ostonada O‘zbekistonda qotillik uchun to‘rt yildan buyon qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olingan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »