Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida fuqaroni pul evaziga AQSHga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Foto: Bosh prokutatura departamenti

Ma’lum bo‘lishicha, J.T. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 ming AQSH dollari evaziga Turkiya va Meksika orqali AQSHga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 7 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

11-sentabr kuni Samarqandda 14 ming dollar evaziga Samarqand—Istanbul—Madrid—Nikaragua yo‘nalishi bilan AQSHga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan shaxs qo‘lga olingani xabar qilingandi. Iyun oyining o‘rtalarida Samarqandda ikki kishini AQSHga yuborish uchun 40 ming dollar olgan shaxs ushlangandi. May oyida esa shunday noqonuniy yo‘llar bilan AQSHga yuborish uchun 30 ming dollar olgan shaxs qo‘lga olingandi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »