Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shimoliy Koreya hukumati 2023-yil yozida KXDRga qochib ketgan amerikalik harbiy Trevis Kingni deportatsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi (KCNA) xabar berdi.

Foto: rubic.us
“KXDRning tegishli organi respublika qonunchiligiga muvofiq, Shimoliy Koreya hududiga noqonuniy kirgan AQSH armiyasi askari Trevis Kingni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Unda King qachon deportatsiya qilinishiga aniqlik kiritilmagan.

Amerikalik harbiy qanday qilib KXDRga qochib o‘tgan?

Janubiy Koreyada xizmat o‘tayotgan 23 yoshli AQSH armiyasi oddiy askari Trevis King 2023-yil iyul oyi o‘rtalarida KXDR chegarasini kesib o‘tgan. Buning uchun harbiy xizmatchi ekskursiya guruhi bilan birga Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi Qo‘shma xavfsizlik zonasiga kelgan, so‘ngra demarkatsiya chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tgan.

Qochib ketishidan biroz oldin King xizmatdan chetlatilishi va “intizomiy sabablarga ko‘ra” AQSHga qaytarilishi kerak edi. Keyinroq Shimoliy Koreya rasmiylari King “irqiy kamsitishlarga qarshi antipatiya hamda Amerika jamiyatining tengsizligidan norozilik tufayli” KXDRga o‘tishga qaror qilganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »