Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrining ayrim tumanlari hududida issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Isitish magistralidagi nosozliklarni bartaraf etish va tegishli jihozlarni almashtirish bo‘yicha avariyaviy taʼmirlash ishlarini olib borish sababli bugun, 27-sentyabr kuni quyidagi manzillarda issiq suv taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Chilonzor tumani — K. Sharq, Guliston va Algoritm dahalari;
  • Uchtepa tumani — Izza, Eshonguzar dahalari, 30 va 31-mavzelar.

Qayd etilishicha, issiq suv taʼminoti favqulodda taʼmirlash ishlari tugashi bilanoq tiklanadi.

“Veolia Energy Tashkent MCHJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raydi va issiq suv taʼminotini tezroq tiklash uchun barcha zarur choralarni ko‘radi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Bektemir va Uchtepa tumanlarida tabiiy gaz yetkazib berish, shuningdek, Sergeli va Bektemir tumanlarida elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »