Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jahon tajribasidan maʼlumki, xizmat ko‘rsatish sohasida kam xarajat bilan tez muddatda biznesni yo‘lga qo‘yish, daromadlarining real o‘sishini taʼminlash hamda yangi ish o‘rinlarini boshqa tarmoqlarga nisbatan ko‘proq tashkil etish mumkin.

Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish bosqichida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Jumladan, 2022-yilda qabul qilingan “Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident qarori sohada kichik korxonalar va mikrofirmalarni imtiyozli kreditlash, imtiyozli soliq stavkalarini joriy etish, yangicha xizmat turlarini tashkil etish yuzasidan infrastrukturalarni yaxshilash hamda tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali xizmatlar xajmini yanada kengaytirish uchun rag‘bat bo‘lmoqda.

Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning I yilligida 469,6 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga o‘sdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM tarkibida katta bo‘lmagan o‘zgarishlar kuzatilgan bo‘lsada, YAIM (YAQQ) tarkibida xizmatlar sohasining ulushi 44,1 % dan 47,1 % ga oshganini ko‘rishimiz mumkin.

YAIMning boshqa tarmoqariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, jumladan, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining ulushi 20,9 % dan 20,1 % ga, sanoatning ulushi 28,0 % dan 26,3 % ga, qurilish tarmog‘ining ulushi 7,0 % dan 6,5 % ga kamaydi.

Ushbu YAIMda tarmoqlarning yalpi qo‘shilgan qiymatlarining hajmi
444,4 trln so‘m bo‘lib, tarmoqlar kesimida quyidagicha ulushni tashkil etadi:

Yuqoridagi raqamlarga asosan, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAIMda eng yuqori ulush xizmatlar sohasida o‘z ifodasini topmoqda.

Joriy yilning o‘tgan 8 oyida tarmoqlar kesimidagi o‘sish ko‘rsatkichlari 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘zgarishlari quyidagicha aks etgan:

  • xizmat ko‘rsatish sohasi + 58,7 trln so‘mga;
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi + 12,9 trln so‘mga;
  • sanoat sohasi + 12,6 trln so‘mga;
  • qurilish sohasi + 3,3 trln so‘mga oshgan.

Iqtisodiy tarmoqlarda xizmatlar sohasining o‘sish surʼati yuqori bo‘lganligi sababli, ushbu sohadagi o‘zgarishlar hamda rivojlanishlar kelgusida ham yanada o‘sishi prognoz qilinmoqda.

Xizmatlar sohasi o‘sish tendensiyasi-davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlardan oqilona foydalanish bilan birgalikda, sohaga keng qamrovda tadbirkorlarni jalb qilish va bu orqali aholi bandligini taʼminlash kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar yotadi.

Shuningdek, joriy yilning yanvar-avgust oylarida xizmatlar sohasida 40 168 ta (2022-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 2 244 taga ko‘p tashkil etilgan) kichik biznes subyektlari tashkil etilib, 1-sentyabr holatiga ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 336 613 taga yetdi.

Respublikamizda joriy yilning o‘tgan 8 oyida xizmatlar hajmi 288,4 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga, aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi esa 110,1 foizga o‘sib, 7,9 mln. so‘mga yetgan.

Bugungi kunda, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan korxonalarning
70,4 foizi xizmatlar sohasiga to‘g‘ri kelmoqda hamda jami band bo‘lgan aholining 55 foizidan ortig‘i xizmatlar sohasida ishlab kelishmoqda.

Toshkent shahrida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish maqsadida Toshkent shahar hokimligi “O‘zmilliybank” AJ bilan birgalikda maʼsul etib belgilangan so‘ng, amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida quyidagilarga erishildi.

Jumladan, 2023-yilning 8 oyligida korxona va tashkilotlar tomonidan jami 116,8 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi. O‘tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 89,3 trln so‘mni, davriy o‘sish esa 18,2 foizni tashkil etdi.

Shuningdek, xizmatlar sohasida moliyaaloqa va axborotlashtirishtaʼlim va transport xizmatlaridagi o‘zgarishlar boshqa turdagi xizmatlarga nisbatan yuqori o‘sish bo‘yicha natijalarni qayd etgan.

Misol uchun, quyidagi diagrammalarda bir necha yillik o‘sish tendensiyalari bilan yuqori o‘sishni qayd etgan xizmatlarni ko‘rishimiz mumkin:

Toshkent shahrida xizmatlar sohasi xajmining jadal surʼatlar bilan o‘sishining kuzatilishi amalga oshirilgan ishlar hamda avvaldan belgilab olingan chora-tadbirlar natijasi sifatida ko‘rish mumkin.

Bu borada, davlat rahbarining topshirig‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahar hokimligi “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda rejali ishlarni amaliyotda to‘g‘ri tadbiq qilinayotganligining belgisidir.

Aytish joizki, 2021-yildan bugungi kunga qadar sohada yangi loyihalarni tashkil etish, faoliyatini kengaytirish hamda ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zmilli

ybank” AJ tijorat banklari bilan birgalikda 28 mingdan ziyod tadbirkorlar uchun 50,4 trln so‘m, shundan joriy yilning 8 oyida 6,4 mingta tadbirkorlarga esa 13,3 trln so‘mlik kredit mablag‘larni yo‘naltirildi.

Buning natijasida, 2023-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, 28,4 mingta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 76 mingtaga yetdi.

Umuman olganda, 2021-yildan bugungi kunga qadar korxona va tashkilotlar tomonidan jami 357 trln so‘mlik xizmatlar ko‘rsatildi, xizmatlar hajmi esa 2020-yilga nisbatan 2 barobarga o‘sdi.

Xulosa qilib aytganda, xizmatlar hajmining o‘tgan yillarga nisbatan jadal o‘sib borishi aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar xajmining yuqori o‘sishishiga hamda aholi daromadlarining ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 2023-yilda xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali jumladan, yangi tadbirkorlarni joriy qilish, loyihalarni to‘liq ishga tushirilishi, mavjud tadbirkorlar faoliyatini yanada kengaytirish, korxonalar faoliyatini rasmiy sektorga o‘tkazilishini taʼminlash hamda soha yo‘nalishlarida fuqarolarni o‘zini o‘zi band qilish orqali jami 445 mingta ish o‘rinlarini yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, o‘tgan 8 oy davomida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida xizmatlar sohasida 290 mingta ish o‘rinlarini yaratilganligi ijobiy natijalardan biridir.

Shuningdek, 2022-yil yakuni bilan aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar xajmi 47 mln so‘mni tashkil etgan, ushbu ko‘rsatkich joriy yil yakuni bilan
57 mln so‘mga yetkazilib, 2020-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘payishi prognoz qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarning ijrosini maʼsullar tomonidan o‘z vaqtida samarali bajarilishi orqali maqsadli parametr ko‘rsatkichlariga erishish natijasida aholi bandligini taʼminlash bilan bir qatorda, yangi xizmat turlarini joriy qilish, shuningdek aholi jon boshiga ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini hamda tadbirkorlik subyektlarining sonini oshishiga sabab bo‘lmoqda.

Bu orqali jamiyatimizning yashash tarzi yaxshilanib, ularning turmush darajasiga ijobiy taʼsir ko‘rsatish imkoniyatlar yaratilmoqda.

Facebook

Twitter

LinkedIn

Telegram

Email

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »