Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ispaniya sudi “Barselona”ni “Negreyra ishi” bo‘yicha aybdor deb topdi.

El Debate nashrining ma’lumot berishicha, ishni olib borayotgan Barselona tergov sudi rahbari Xoakin Agirre “Barselona” Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidenti Enrikes Negreyraga pul o‘tkazganlik masalalarini ko‘rib chiqqan.

Sud qaroriga ko‘ra, Negreyradan tashqari uning o‘g‘li hamda Kataloniya klubining sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosellar aybdor deb topilgan. Ispaniya sudlarida hech bir mansabdor o‘z vazifasini bajarganligi uchun qo‘shimcha haq olmasligi belgilangan. 

“Negreyra ishi”da nimalar bo‘layotgani haqida qisqacha: joriy yilning fevral oyida “Barselona” 3 yil davomida Ispaniya futbol federatsiyasi (RFEF) hakamlar qo‘mitasi vitse-prezidenti Enrikes Negreyraga pul to‘lab kelgani aniqlangan. Katalon klubining o‘zi Negreyraga hakamlar bo‘yicha hisobotlar uchun pul to‘laganini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, Negreyra 2001-yildan beri katalon klubidan kamida 7,3 million yevro pul olgan, ammo sud faqat oxirgi o‘n yillikdagi o‘tkazmalar bo‘yicha ish olib borgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »