Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina lagerida rus harbiy asirlariga qanday oziq-ovqatlar berilishi ma’lum qilindi. Ularga davlat hisobidan kolbasa va shokoladlar berilishi jamiyatda norozilik keltirib chiqargandi. Bu haqda “Fokus” nashri xabar berdi.

Illyustrativ foto: Fokus.ua
“Agar faqat xaridlarga qarasangiz, davlat harbiy asirlarni Snickers va cho‘chqa yog‘i bilan oziqlantirayotgandek taassurot paydo bo‘lishi mumkin. Lekin bunday emas”, — deydi Harbiy asirlar bilan muloqot qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab vakili Pyotr Yatsenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, lagerdagi ratsion nonushta va tushlikdan iborat. Tushlik paytida birinchi taom sifatida ularga karam yoki no‘xat sho‘rva beriladi, ikkinchisiga sariyog‘li bo‘tqa, bir bo‘lak go‘sht yoki baliq va mavsumiy salat — bu tuzlangan karam yoki vinegret bo‘lishi mumkin.

Harbiy asirlarning o‘zi ko‘kat, sabzavot yetishtirib, non pishiradi. Ularning kundalik ratsionida shirinliklar, pechenye yoki cho‘chqa yog‘i mavjud emas. Davlat muassasalari lager do‘konlari uchun shirinliklar va kolbasa sotib oladi, mahkumlar o‘z mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat xarid qilishi mumkin.

Lagerda do‘konlarning bo‘lishi Jeneva konvensiyasining talabidir. Mahsulotlar mahkumlarning iltimosiga binoan sotib olinadi. Shuningdek, muzlatkichlarida do‘konlarda sotib olgan narsalarni saqlash uchun alohida joylar mavjud.

“Do‘konda pechenye, cho‘chqa yog‘i, gazlangan ichimliklar, gigiyena vositalari bor. Oshxonada bularni berishmaydi. Ular budjetdan emas, lagerning maxsus jamg‘armasidan sotib olinadi. Mahkumlarning yaqinlari ularning shaxsiy hisoblariga pul o‘tkazadi. Shundan so‘ng ular do‘konda oziq-ovqat sotib olishi mumkin”, — dedi Yatsenko.

Lager do‘koni faoliyatidan olingan daromadlar maxsus lager fondiga o‘tkazilishi va sharoitlarni yaxshilashga — koloniya binolarini ta’mirlashga sarflanishi ta’kidlandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »