Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AOKAda 28-sentyabr kuni o‘tkazilgan brifingda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘tgan 8 oy davomida davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 29 ming 98 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borilgani haqida maʼlumot berdi. Tahlil natijasida buyurtmachilar tomonidan 8 ming 964 ta savdolar jarayonida 12 ming 826 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan.

Foto: "Daryo"

Shuningdek, davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlari elektron tizimlari orqali amalga oshirilgan savdolarning 18 ming 433 tasi qo‘mita tomonidan tahlil qilindi. O‘rganilgan tanlov (tender) savdolarini tahlili natijasida buyurtmachilar tomonidan 1 ming 540 ta savdolar jarayonida 1 ming 641 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.

Qo‘mita va hududiy boshqarmalarga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat xaridlari sohasida 232 ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlar asosida o‘tkazilgan tahlil natijasida 161 ta tanlov (tender) savdolarida 275 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.

Bundan tashqari, qo‘mita mutaxassislari tomonidan huquq tartibot organlari va Hisob palatasi bilan hamkorlikda 10 ming 433 ta xaridlar o‘rganilgan. O‘rganishlar natijasida 7 ming 263 ta savdolarda 10 ming 910 ta raqobatga zid holatlar aniqlangan.

Qonunbuzilishlarining 72,7 foiz savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish bilan bog‘liq bo‘lsa, 27,3 foizda til biriktirish orqali kelishib olingan, muvofiqlashtirilgan harakatlar tashkil etadi.

  • Rossiya eksport-import bankining kreditlari hisobidan “Toshkent metropoliteni” DUK tomonidan boshlang‘ich qiymati 8,2 mln dollarga teng bo‘lgan mikroprotsessor uskunalarini xarid qilish uchun o‘tkazilgan tender hujjatlarida asossiz ravishda raqobatni cheklashga olib keladigan talablar kiritilgan. Tender savdolari natijasida qabul qilingan qaror va shartnoma Qo‘mitaning ko‘rsatmasiga asosan buyurtmachi tomonidan bekor qilinib, tender savdolari takroran o‘tkazilgan.
  • “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” UK tomonidan boshlang‘ich qiymati 4,8 mln AQSH dollarga o‘tkazilgan tanlov savdolari jarayonida buyurtmachi tomonidan ayrim ishtirokchilarga tanlovda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berganligi aniqlangan. Bunda ishtirokchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlar buyurtmachining talablariga mos kelmasada g‘olib deb eʼtirof etilgan. Tanlov natijasida qabul qilingan qaror va shartnoma Qo‘mitaning ko‘rsatmasiga asosan buyurtmachi tomonidan bekor qilinib, tender savdolari takroran o‘tkazilgan.
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan boshlang‘ich qiymati 23,6 mlrd so‘mga “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida”tibbiy asbob-uskunalarni xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tender savdosida buyurtmachi tomonidan baholash mezonlarini qo‘llash tartibi buzilganligi aniqlangan ushbu qonun buzilish holatlariga kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qo‘mitaning qaror ko‘rsatmasi berilgan.
  • Buyurtmachi Andijon viloyati yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi tomonidan boshlang‘ich qiymati 8,5 mlrd so‘mga Baliqchi tumanidagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internat binosini mukammal taʼmirlash bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda buyurtmachi va xarid komissiya tomonidan g‘olib talabgordan yuqori ball olgan 3 ta talabgorlar asossiz tenderdan chetlatib yuborilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan Bosh Prokuraturasiga maʼlumot kiritilgan.
  • “O‘zshaxarsozlik liti” DUK tomonidan boshlang‘ich qiymati 151,8 mln so‘mga “O‘zshaxarsozlik liti” DUKning maʼmuriy binosini alyuminiy va plastik vitrajlarini joriy taʼmirlash bo‘yicha 2023-yilning mart oyida o‘tkazgan eng yaxshi takliflarni tanlash savdolari jarayonida ishtirokchilarga nisbatan oshirib yuborilgan talablar qo‘llanilganligi aniqlangan, yaʼni Shaffof tender elektron tizimi uchun ishlab chiqilgan biroq xarid.uzex.uz tizimida qo‘llanilmaydigan reyting tizimidan foydalanish oqibatida raqobatni cheklash alomatlari aniqlangan. Holat yuzasidan Qo‘mitaning o‘tkazilgan tanlov savdosi qarorini va shartnomani haqiqiy emas deb topish choralarini ko‘rish bo‘yicha Qaror va ko‘rsatmalari qabul qilingan.
  • “Aloqabank” AT tomonidan boshlang‘ich qiymati 1,2 milliard so‘mga bankga tegishli asosiy vositalarni sug‘urtalash va baholash bo‘yicha o‘tkazilgan 2 ta tanlov savdolarida buyurtmachi va ishtirokchi o‘rtasida oldindan kelishib olganlik alomatlari aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan qo‘mitaning qonun buzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli Qaror va ko‘rsatmalari qabul qilingan.
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan boshlang‘ich qiymati 3,7 mlrd so‘mga “Xodimlarning nafaqasini baholash bo‘yicha xizmatlar (aktuar xizmatlari)” xaridi jarayonida buyurtmachi tomonidan ayrim ishtirokchilarga tanlovda qatnashish uchun imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berganligi aniqlangan. Tanlov natijasida qabul qilingan qaror va shartnomani haqiqiy emas deb topish choralarini ko‘rish yuzasidan Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi qabul qilingan.

Aniqlangan 10 ming 973 ta holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlariga va 61 ta holat yuzasidan Hisob palatasiga maʼlumotnomalar taqdim etilgan, 151 ta holat buyurtmachilar tomonidan ixtiyoriy bartaraf etilgan, 766 ta holat yuzasidan hududiy boshqarmalar tomonidan 267 ta ish qo‘zg‘atilib, 212 ta mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilgan, 875 ta holat Qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »