Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidentligiga nomzod kichik Robert Kennedi agar saylansa, Ukrainadagi urushga 100 kun ichida barham berishini aytdi, bu haqda u o‘zining X (sobiq Twitter) akkauntida yozdi.

Foto: BB LV

U urush “hamma kutganidan ham yaxshiroq shartlar bilan” yakunlanishiga ishontirdi.

Kichik Robert Kennedi 69 yoshda. U 1965—1968-yillarda Nyu-York shtatidan senator va AQSHning sobiq Bosh prokurori (1961—1964) bo‘lgan Robert Kennedining o‘g‘li. Katta Robert Kennedi esa 1963-yilda Dallasda otib o‘ldirilgan AQSH sobiq prezidenti Jon Kennedining ukasi. Akasi kabi Robert Kennedi ham saylovoldi kampaniyasi paytida otib o‘ldirilgan.

Kichik Robert Kennedi huquqshunos va atrof-muhit faoli. U shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinatsiya haqidagi fikrlari bilan ham tanilgan. Kennedi emlashga qarshi chiqqan va AQSH rasmiylarining pandemiyaga qarshi kurashdagi harakatlarini bir necha bor tanqid qilgan, deb yozadi CNN.

U 6-aprel kuni Demokratik partiyadan nomzod sifatida prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza berdi.

Siyosatchi Ukrainadagi harbiy amaliyotlar va Rossiya bilan munosabatlari haqida avval ham bir necha bor gapirgan. Xususan, aprel oyida u Moskva va Kiyev o‘rtasidagi urushni Qo‘shma Shtatlar uchun katta muammo deb atagandi, chunki bu Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqinlashuvni tezlashtiradi, bu esa Vashington uchun eng yomon natijadir. Iyul oyining oxirida kichik Kennedi Rossiya bilan “ekzistensial jang”dan ogohlantirib, Moskvada yirik yadroviy qurol zaxirasi borligini eslatdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »