Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” delegatsiyasining uch nafar aʼzosi Moskva supermarketida pasportlarini yo‘qotib qo‘ydi. Bu haqda “Izvestiya” xabar berdi.

Foto: Reuters

“Tolibon” vakillari Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar yig‘ilishida ishtirok etish uchun Moskvaga yetib kelgan va “Prezident-otel” mehmonxonasiga joylashgan. 28-sentyabr kuni delegatsiya aʼzolaridan biri xaridni amalga oshirish uchun “Yevropeyskiy” savdo markaziga borgan.

Erkak o‘zi bilan birga uch hamkasbi, jumladan, Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi o‘rinbosari Ziya Ahmad Takaliyning pasportlari bo‘lgan hamyonni olib, ularni “Perekrestok” do‘konida yo‘qotib qo‘ygan. Shahar politsiyasi hujjatlarni qidirishni boshlagan. Pasportini yo‘qotgan shaxs so‘roqqa tutilgan, ammo hozircha qidiruv ishlari natija bermagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »