Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi loyihasi doirasida 500 dan ortiq daraxt ko‘chirilishi mumkin. Ekologiya vazirligi holatga tushuntirish berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, jamoatchilik eshituvida Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani hududidagi Bobur ko‘chasini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti bilan bog‘laydigan hamda S.Tolipov ko‘chasiga tutash yo‘l o‘tkazgichlar qurilishi loyihasi doirasida daraxtlarni ko‘chirish masalasi muhokama qilindi. 

Tadbirda ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev ishtirok etib, bu masalaga yechim topishda jamoatchilik fikri ustuvor ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi va barcha tomonlarni tinglashni taklif qildi. Loyiha doirasida daraxtlarni ko‘chirish bo‘yicha “Ko‘prik qurilish” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga murojaat kelib tushgan. Mazkur loyihaning birinchi bosqichi 2023-yil noyabr oyida yakunlanishi va yo‘l harakati qisman yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Eshituv davomida ayni paytdagi yo‘l o‘tkazgich sutkasiga 36 000 ta avtomobil o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lib, amalda soatiga 1500 ta avtomobil harakati uchun xizmat ko‘rsatishi aytildi. Qurilayotgan yo‘l o‘tkazgich esa soatiga 6 000 ta avtomobil o‘tkaza olishi, ya’ni sutkasiga 144 000 ta avtomobil harakatini ta’minlay olishi ta’kidlandi. Bu esa tirbandlikning oldini oladi hamda havoga chiqadigan chiqindi gazlarini 4 barobargacha kamaytiradi.

Dastlab 1,4 mingta daraxt va butalarni ko‘chirish rejalashtirilgan, chunki loyiha xiyobon hududining bir qismini ham o‘z ichiga olgan. Loyiha dizayni o‘zgargach esa ko‘chirilishi kerak bo‘lgan daraxtlar soni kamaygan. Ayni damda birinchi bosqichda 69 ta daraxtni ko‘chirish rejalashtirilgan, jami esa 500 dan ortiq daraxt ko‘chirilishi mumkin. Har bir ko‘chirilgan daraxt uch yil davomida parvarish qilinadi.

Jamoatchilik muhokamalarida har bir ko‘chirilgan daraxt o‘rniga 10 tupdan ko‘chat o‘tqazilishi, ular maxsus o‘g‘itlar yordamida parvarishlanishi aytib o‘tildi. Rasul Kusherbayev bu jarayonni Ekologiya vazirligi nazorat qilishini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »