Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentning “Maʼmuriy islohotlar doirasida suv xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari belgilangan.

Xususan, mazkur inspeksiyaga Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining quyidagi funksiyalari o‘tkazildi:

  • barcha yer usti suv obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalari (tartibi)ga rioya etilishi ustidan nazorat qilish;
  • suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko‘rish borasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  • barcha yer usti suv obyektlarida suvdan foydalanishga doir maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi Ekspertlar kengashi to‘g‘risidagi nizom;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Shuningdek, hukumatning baʼzi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 2023-yil 28-sentabrdan kuchga kirdi.

Shavkat Mirziyoyev 22-sentabr kuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi. Unga ko‘ra, mamlakatda aholi salomatligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga qaratilgan ko‘plab ijtimoiy, hududiy dasturlar bajarilmoqda. Xususan, so‘nggi olti yilda ichimlik suvi sohasiga davlat budjetidan 14 trillion 500 milliard so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 6 baravar ko‘p mablag‘ ajratilgan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »