Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

29-sentyabrdan 2-oktyabrga qadar O‘zbekistonda “Ipak yo‘li durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi.

Foto: Kinematografiya agentligi

O‘zbekiston uchun “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda, bu keng ko‘lamli tadbir qayta tiklanganidan buyon uchinchi yildirki, butun dunyo kinoijodkorlarini birlashtirmoqda. O‘tgan yili festivalda 500 dan ortiq kino ijodkorlari ishtirok etgan edi. Bu yil tadbir ko‘lami bundan ham keng bo‘lishi kutilmoqda. Tadbirlar poytaxtda ham, Samarqandda ham bo‘lib o‘tadi. Bugundan kinofestival o‘z ishini boshladi.

Kinematografiya agentligi

— Ikki yil avval prezident tomonidan Toshkent kinofestivalining tiklanishi 
o‘zbek madaniy hayotining tom ma’nodagi timsoli bo‘lmoqda. Joriy yilda 52 davlatdan tashrif buyurgan 300 ga yaqin mehmonlar orasida rejissor aktyor va prodyuserlar bilan birgalikda ishonchli hamkorlar bor. 30 ga yaqin davlatlar bilan hamkorlikda kinoloyihalar amalga oshiryapmiz. 

Foto: Kinematografiya agentligi

Bu yil festival doirasida Xudoybergan Devonov tomonidan suratga olingan dastlabki filmning 115 yilligi, o‘zbek milliy dublyaj san’atining 85 yilligi va Toshkent kinofestivalining 65 yilligi kabi muhim voqealarni birlashtirishga harakat qildik, — dedi Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov. 

Foto: Kinematografiya agentligi

Festivalda Rossiya, Qozog‘iston, Isroil, Xorvatiya, Yaponiya, Polsha, Fransiya, Latviya, Chili, Koreya, Estoniya, Germaniya, Portugaliya, Singapur, Ukraina va boshqa 30 dan ortiq davlatdan kino ijodkorlari ishtirok etadi.

Foto: Kinematografiya agentligi

Bu yilgi tadbirlar dasturi qiziqarli voqeliklarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Kino zallarida 50 ga yaqin filmlar namoyish etiladi. Ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari, muhokamalar rejalashtirilgan. Rejissorlar Emir Kusturisa, Hasan Nazer, Abdul Latif Salazar, Kshishtof Zanussi, Aleksandr Sokurov, Janik Fayziyev, aktrisa Yelizaveta Boyarskaya, “Taksi” filmi yulduzlari Sami Naseri Frederik Diyefental va boshqa ko‘plab kino olami yulduzlarining festivalga tashrifi rejalashtirilgan.

Foto: “Daryo”

Shuningdek, Madaniyat kunlari, Butunjahon kino kunlari, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari kinofestivalini o‘tkazish, filmlar namoyishi va muhokamalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlarga kirish bepul.

Foto: “Daryo”

Bundan tashqari, an’anaga ko‘ra, festival arafasida “Kino 5 kun ichida” tanloviga start berildi. Turli mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar qisqa vaqt ichida o‘z ijodiy ishlarini suratga olib, hakamlar hay’atiga taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Foto: Kinematografiya agentligi

Festivalning bu yilgi marosimi o‘tgan yilgiga nisbatan ancha ixcham va kamtarona o‘tkazildi. Unda o‘zbek san’atining eng ko‘zga ko‘ringan vakillari ishtirok etib, qizil yo‘lakdan o‘tishdi. Qizil yo‘lakdan o‘tish jarayonlari naqd uch soat davom etdi. Undan so‘ng Milliy filmlar tanlovi sovrindorlari aniqlandi.

Xususan, Hoshim Arslonov “101-reys” filmidagi roli uchun “Eng yaxshi erkak” roli nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Sovrinni marhum aktyorning o‘g‘li rossiyalik aktrisa Yelizaveta Boyarskayadan qabul qilib oldi.

“Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha Ra’no Shodiyeva “Ayol qismati” filmidagi roli bilan g‘olib bo‘ldi.

Milliy filmlar tanlovida “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi bo‘yicha Ali Hamroyev “Samarqandda qovun tarovati” filmi bilan g‘olib bo‘ldi.

Milliy filmlar tanlovida “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha Qamara Kamalovaning “Kim deyay seni” filmi g‘olib bo‘ldi. Sovrinni O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov topshirdi.

Milliy filmlar tanlovida hakamlar hay’atining maxsus sovrini bilan rejissor Zulfiqor Musoqov “Hayrat” filmi uchun taqdirlandi.

Ijodkorlarning qizil yo‘lakdan o‘tishi bilan bog‘liq reportajni quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin:

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »