Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkmanistonda ayni paytda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 200 ga yaqin loyiha qurilmoqda, deb xabar berdi “Oltin Asir” mahalliy telekanali. Bu haqda Turkmaniston Xalq Maslaxati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Berlinda Germaniya Sharqiy iqtisodiy qo‘mitasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qilgan.

“Sanoat va innovatsion o‘sish yo‘lidagi strategik yo‘nalish umumiy investitsiyalarning 60 foizdan ortig‘ini ishlab chiqarish sohasiga yo‘naltirish orqali taʼminlanadi”, — deyiladi xabarda.

Berdimuhamedovning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotga yillik sarmoya yalpi ichki mahsulotning 18–19 foizini, xorijiy investitsiyalar ulushi esa 12 foizni tashkil etadi. 2023-yilning yanvaridan avgustigacha YIM o‘sishi 6,2 foizni tashkil etdi.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki  va Osiyo taraqqiyot banki 2023-yilda Turkmanistonning iqtisodiy o‘sishi 6,5 foiz, Xalqaro valyuta jamg‘armasi 2,3 foizni tashkil etishini kutmoqda.

Eziz Boyarov

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »