Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xanchjou—2022 XIX yozgi Osiyo o‘yinlari 30-sentabr, shanba kuni davom ettirilmoqda. 

O‘zbekistonlik kurashchi Muhsin Hisomiddinov o‘z titullari hisobiga 19-Osiyo o‘yinlari g‘olibligini ham yozib qo‘ydi. Bu haqida Xalqaro Kurash assosiasiyasi Prezidenti matbuot kotibi Jamshid Namozov Daryoga xabar berdi.

Xitoyning Xanchjoy shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlari Kurash bahslarida +90 kg vazn toifasida Muhsin Hisomiddinov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Dastlab Xitoy Taypeyilik Kurashchi Muhsin polvon sinovidan o‘ta olmadi. Chorak finalda Iroqlik kurashchining hujum qilish jarayonida qulay vaziyatdan foydalangan Muhsin Hisomiddinov yelka usuli orqali raqibini halol bahosi bilan taslim etdi.

Yarim final bahsida Hisomiddionovga tailandlik  Kunathip Yea-On duch keldi. Ikki raqib 2022-yil Punada o‘tkazilgan jahon chempionatida ham bellashgan edi. Hisomiddinov bu safar ham tailandlik raqibini mag‘lub etdi.

Final bellashuvida Turkmanistonning taniqli kurashchisi Tejen Tejenov Muhsin Hissomidinovdan mag‘lubiyatni qabul qildi.

Muhsin Hisomiddinov Xalqaro Kurash assosiasiyasi reytingida mutloq vazn toifasida  Dunyodagi 1-raqamli kurashchi hisoblanadi.

Uning hisobida 4 karra jahon chempioni (2015-yil Eron, 2017-yil Turkiya, 2019-yil Janubiy Koreya, 2022-yil Hindiston), 2 karra Osiyo chempioni (2018-yil Hindiston, 2023-yil Xitoy) degan yutuqlar bor.

Shuningdek, -66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Artyom Shturbabin chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shturbabin finalda eronlik Majid Barimanlouni dog‘da qoldirdi.

-52 kg vazn toifasining final bellashuvida esa O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili o‘zaro to‘qnash keldi. Qiziqarli bahs Hilola Ortiqboyevaning g‘alabasi bilan yakunlandi. Sitora Elmurodova esa musobaqani kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »