Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xalqaro mudofaa sanoati alyansi tuzilganini e’lon qildi. Bu haqda prezident Kiyevda ochilgan, 30 davlatdan 252 mudofaa kompaniyasi ishtirok etayotgan Xalqaro mudofaa sanoati forumida bayonot berdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Delfi
“Bugun biz Mudofaa sanoati alyansi tuzilganini e’lon qilamiz. Xalqaro huquqni qadrlaydigan hamda xalqaro huquq va xavfsizlikni chinakamiga himoya qilish uchun qanday ish olib borishni biladigan alyans. Men nafaqat Ukraina haqida, balki dunyodagi barcha xalqlarning agressiyadan himoyalanishi haqida gapiryapman”, — dedi prezident.

Zelenskiyning taʼkidlashicha, eng kuchli mudofaa-sanoat majmualari qanday bo‘lishi, ularning ustuvor yo‘nalishlari va dunyodagi mudofaa standarti qanday bo‘lishi aynan Ukrainada aniqlab olingan.

O‘z navbatida, Ukraina TIV alyansga allaqachon 19 davlatdan 38 kompaniya qo‘shilganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »