Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Doha shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Shayx Hamad nomidagi xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezidentni Qatar bosh vaziri – tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad ibn Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat tashrifi dasturiga muvofiq, ertaga oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi, yetakchilar O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident Qatar ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Samarqandda Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniy muzokaralari bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar yakunida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 15 ta hujjat imzolangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »