Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr kuni Doha shahrida o‘ziga ajratilgan qarorgohda Power International Holding kompaniyasi boshqaruvi raisi Mutaz al-Hayyatni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Power International — dunyoning 19 ta mamlakatida energetika, neft-kimyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash, turizm kabi sohalarda faol ish olib borayotgan Qatarning eng yirik milliy xoldingi. Yaqin Sharqdagi yetakchi ko‘p tarmoqli kompaniyalardan biridir.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bu kompaniya bilan hamkorlikda Jizzax viloyatida mintaqaning eng katta agrosanoat majmuasi bo‘ladigan zamonaviy chorvachilik klasteri qurilmoqda. Uchrashuvda istiqbolli loyihalar sifatida quyidagilar ko‘rib chiqildi:

  • O‘zbekistonda yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil magistralini barpo etish;
  • ammiak va karbamid ishlab chiqarish hajmini oshirish;
  • ishbilarmonlik va mehmonxona infratuzilmasi, sog‘liqni saqlash obyektlarini tashkil etish.
Foto: Prezident matbuot xizmati

Qatar tomoni tez orada xolding O‘zbekistonda o‘z ofisini ochishini maʼlum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Dohada

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar davlati amiri shayx Tamim ibn Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1-oktyabr kuni davlat tashrifi bilan Dohaga tashrif buyurdi. Davlat tashrifi dasturiga muvofiq, 2-oktyabr kuni oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Yetakchilar O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »