Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Hozirda qamoqda bo‘lgan milliarder, FTX kriptovalyuta birjasi asoschisi Sem Bankmen-Frid AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga 2020-yilgi saylovlarda qatnashmaslik uchun pul to‘lashga tayyor bo‘lgan.

Reuters xabariga ko‘ra, bu haqida jurnalist Maykl Lyuis “Yangi magnatning yuksalishi va qulashi” kitobida ma’lum qilgan. Sem Bankmen-Frid senatdagi “poyga”larda Trampni qo‘llab-quvvatlovchi nomzodlarni mag‘lub etish uchun respublikachi senator Mitch Makkonnel hisobiga 15 million dollardan 30 million dollargacha pul o‘tkazishni rejalashtirgan.

“Boshqa tomondan, Bankmen-Fridning menga tushuntirishicha, u prezidentlikka nomzod bo‘lmaslik uchun Donald Trampning o‘ziga ham pul to‘lashning qonuniyligini o‘rganib chiqqan”, — deb yozgan Lyuis.

Foto: Reuters

Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning saylovlarda qatnashishdan bosh tortish narxi 5 milliard dollargacha bo‘lishi mumkin edi.

Maykl Lyuisning kitobida nima uchun Bankmen-Frid o‘z rejalarini amalga oshirmagani haqida yozilmagan. Reuters ta’kidlaganidek, Bankman-Fridning vakili Mark Botnik bu kitob haqida izoh berishdan bosh tortdi. Shuningdek, Tramp vakillari ham izoh berish so‘roviga javob bermagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »