Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Noyabr oyi o‘rtalariga qadar davom etadigan AQSHning vaqtinchalik budjeti doirasida Columbia toifasidagi ikkinchi yangi avlod strategik suvosti kemasini qurish uchun 621 million dollar ajratildi.

Bu haqda AQSH harbiy-dengiz instituti axborot xizmati ma’lum qildi.

Trident II D5 qit’alararo ballistik raketalari bilan jihozlangan USS Wisconsin yadroviy suvosti kemasini Rod-Aylenddagi General Dynamics Electric Boat kemasozlik zavodida qurishni boshlash rejalashtirilgan.

Foto: Google Images

2022-yil iyun oyida yasash boshlangan Columbia toifasidagi birinchi suvosti kemasining qurilishi hozirda davom etmoqda. Uning qiymati 8,5 milliard dollarga baholanmoqda.

Umuman olganda, Amerika Qo‘shma Shtatlari Columbia toifasidagi 12 ta strategik suvosti kemasini qurishni rejalashtirmoqda. Ular hozirda AQSH yadroviy triadasida joylashgan, har birida 20 ta Traident II D5 raketasi bor bo‘lgan 14 ta eskirgan Ohio toifasidagi strategik suv osti kemalarini o‘rnini egallaydi.

Columbia toifasidagi birinchi strategik suvosti kemasi 2031-yilda jangovar patrulga chiqishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »