Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina xalq deputati Yaroslav Jeleznyak AQSH Kiyevga kelgusida moliyalashtirish uchun shart qo‘yganini ma’lum qildi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.

Foto: Reuters

Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra, AQSH moliyalashtirishni davom ettirishi uchun Ukrainada 45 kun ichida birorta ham yirik korrupsiya mojarosi bo‘lmasligi kerak. Deputat Zelenskiy va Bayden o‘rtasida Oq uyda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida AQSH rasmiylari korrupsiya mavzusiga alohida urg‘u berganini esladi.

“Prezident ofisida AQSH bilan ‘hammasi joyida’, ‘hamma bizni yaxshi ko‘radi’, deb aytganlarning hammasi og‘zini yumishi kerakligini aytdim. Biz olti oy oldin yaqinlashib kelayotgan muammolar haqida gapirganlarni tinglashimiz kerak”, — dedi Jeleznyak.

AQSH Kongressi Ukrainaga ajratiladigan 6,2 milliard dollarlik yordamni hisobga olmaganda, 45 kunlik vaqtinchalik budjetni tasdiqladi. Jo Bayden tegishli qonun loyihasini imzoladi.

BBC tushuntirishicha, agar kelishuvga erishilmaganida, so‘nggi o‘n yillikdagi to‘rtinchi (davlat sektori xodimlarini moliyalashtirishni tugatish) boshlangan bo‘lardi. Barcha budjet xarajatlarining qariyb 25 foizini tashkil etuvchi davlat boshqaruvi xarajatlari bloklanardi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »