Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kiyevda 2-oktyabr, dushanba kuni Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha 27 davlat tashqi ishlar vazirlari norasmiy sammitga yig‘ildi. Bu Yevropa Ittifoqidan tashqarida bo‘lib o‘tayotgan yuqori darajadagi birinchi shunday uchrashuv.

Foto: Twitter

Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel uchrashuvni “tarixiy” deb atadi va Ukraina Yevropa Ittifoqining bo‘lajak a’zosi ekanini qo‘shimcha qildi.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok ham Ukraina poytaxtida ekanini Germaniya Tashqi ishlar vazirligi vakillaridan biri 2-oktyabr kuni ertalab jurnalistlar so‘roviga javoban tasdiqladi. 

Reuters xabariga ko‘ra, Kiyevdagi norasmiy sammitda Yevropa Ittifoqining Ukrainani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlash rejalashtirilgan. Xavfsizlik nuqtayi nazaridan uchrashuv haqida faqat uning boshlanishidan oldin e’lon qilingan. 

Borrel 2-oktyabr kuni Ukraina poytaxtida bo‘lib o‘tadigan sammitda Kiyevning xalqaro maydonda qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida tinchlik rejasi muhokama qilinishi hamda Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha navbatdagi sammitga tayyorgarlik ko‘rilishini maʼlum qilgan.

Avvalroq Borrel yevropaliklar uchun Ukrainadagi urush “ekzistensial tahdid” ekanini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »