Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 2023-yilning sentyabr oyida inflyatsiya 1,24 foizni tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligining Istemol narxlari indeksiga oid hisobotida so‘z boradi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, bu so‘nggi uch yil ichida ushbu oydagi eng yuqori ko‘rsatkich (2021-yil — 1,09 foiz, 2022-yil — 1,03 foiz), shuningdek, 2023-yil boshidan buyon eng katta narx o‘sishidir. O‘tgan oyda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,8 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 1 foizga, xizmatlar 0,6 foizga qimmatlashgan.

Yil boshidan (yanvar-sentyabr) inflyatsiya 5,13 foizgacha oshgan, yillik inflyatsiya (o‘tgan yilning sentyabr oyiga nisbatan) 9,19 foizga (8,96 foiz) tezlashgan. Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 11 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 7,6 foizga, xizmatlar 8,2 foizga qimmatlashgan.

Shuningdek, o‘tgan bir oy ichida alkogolli ichimliklar narxi 0,3 foizga, tamaki mahsulotlari 2,3 foizga oshgan. Bir qator hududlarda uy-joy ijarasi to‘lovlari oshdi (respublika o‘rtacha 2,4 foizga). Antigistaminlar (allergiya preparatlari) narxi 1,8 foizga qimmatlashgan.

Bundan oldin Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati “Daryo” nashriga bozorlarda un narxi ortishi va uning ortidan non hamda non mahsulotlari narxi ko‘tarilib ketgani haqidagi xabarlar yuzasidan izoh bergandi.

Markaziy bank 2023-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasi 8,5–9,5 foiz atrofida bo‘lishini prognoz qilgandi.

2022-yilda yillik inflyatsiya 12,3 foizni tashkil etgan2021-yilda bu ko‘rsatkich 9,98 foiz2020-yilda 11,1 foiz2019-yilda 15,2 foiz, 2018-yilda 14,3 foiz2017-yilda 14,4 foiz bo‘lgan.

Inflyatsiya o‘zi nima? 

Inflyatsiya deganda mamlakatdagi tovar va xizmatlar bahosi umumiy darajasining oshishi (o‘sishi) tushuniladi. Uning asosiy ko‘rsatkichi iste’mol narxlarining ma’lum bir davrdagi o‘zgarishi hisoblanadi. Narxlarning umumiy darajasi ko‘tarilishi natijasida mamlakat pul birligi (milliy valyuta) xarid qobiliyatining pasayishi ro‘y beradi. Bu esa o‘z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »