Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Samarqand viloyatida to‘rtta korxona 1 milliard 294 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Qayd etilishicha, “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Xususan:

  • Past Darg‘om tumanidagi “A.B.” fermer xo‘jaligiga qarashli oshxona (428 million 364 ming so‘m) hamda ushbu tumanidagi “F.Z.D.” oilaviy korxonasiga qarashli to‘yxona gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani natijasida davlat manfaatlariga 520 million 344 ming so‘m;
  • Oqdaryo tumanidagi “I.S.O.” oilaviy korxonasiga qarashli to‘yxona gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 231 million152 ming so‘m;
  • Paxtachi tumanidagi “A.U.A.H.777” MCHJ gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangani natijasida davlat manfaatlariga 114 million 374 ming so‘m zarar yetkazgan.

Mazkur to‘rtta holatda salkam 1,3 milliard so‘m (1 million 353 ming 154 metr kub) zarar yetkazilgan. Ushbu miqdordagi tabiiy gaz hozirgi kunda 6 ming 765 ta xonadonning bir oylik isteʼmoliga tengdir.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilingan.

Avvalroq Jizzax shahridagi MCHJ 3 mlrd 840 mln so‘m yoki 19 200 ta xonadonning bir oylik iste’moliga teng miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangandi. Shuningdek, Toshkentda salkam 530 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani, O‘zbekistonda bir oyda elektr va gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga qancha zarar yetgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »