Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ijtimoiy tarmoqlarda samarqandlik tadbirkor 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘z o‘qituvchisiga ikki xonali uy sovg‘a qilgani aks etgan video tarqaldi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ushbu videoni Telegram kanaliga joylab, bundan juda xursand bo‘lganini bildirgan.

“Ustozlarni eʼzozlash anʼanaga aylanayotgani rost bo‘lsin! O‘z o‘rnida, biz ham saxovatli yurtdoshimizga minnatdorlik bildirishni niyat qildik”, — deb yozadi vazir.
Foto: Videodan kadr

Videoda o‘qituvchi “Ustoz oldida o‘quvchisining mana bunday ishlari juda ham katta baxt”, — deya hayajonini yashira olmagan.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlagani xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »